
"Osiyo bolalari": Sambochilarimizdan yana 4 ta medal. O‘yinlarni umumiy hisobda 9 ta medal bilan yakunladik
Rossiya Federatsiyasining Yakutsk shahrida "Osiyo bolalari" xalqaro turniri o‘tkazilmoqda. Musobaqada sambo bellashuvlari o‘z yakuniga etdi.
Kecha 5 nafar vakilimiz medallarga ega chiqqani haqida xabar bergandik. Bugungi bellashuvlar yakuniga ko‘ra 4 nafar sambochimiz shohsupaga ko‘tarildi.
Unga ko‘ra, Mehriniso Nuriddinova va Shohjahon G‘olibov kumush, Firdvas Asinjonov va Dilmurod Do‘smurodov bronza medallariga ega bo‘ldi.
Shu tariqa, sambochilarimiz "Osiyo bolalari" musobaqasida delegatsiyamiz hisobiga 2 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza medallarini qo‘shib qo‘yishdi.
Musobaqada sovrindor bo‘lgan sambochilarimiz ro‘yxati:
Oltin:
-41 kg: Vazira Nurillaeva
-53 kg: Haydarbek O‘roqboev
Kumush:
-44 kg: Mehriniso Nuriddinova
-79 kg: Shohjahon G‘olibov
Bronza:
-47 kg: Kumushbibi Ergasheva
-46 kg: Sardor Yodgorov
-64 kg: Davlatjon Kozimov
-58 kg: Firdvas Asinjonov
-49 kg: Dilmurod Do‘smurodov
O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar