“Osiyo bolalari-2022”. Bokschilarimiz umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi

  • 6 avgust, 2022, 10:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Rossiya Federatsiyasining Vladivostok shahrida VII “Osiyo bolalari” xalqaro sport o‘yinlari davom etmoqda.

Tecno

Biroz oldin Vladivostokda boks bo‘yicha bahslar o‘z nihoyasiga etdi.

Bugun boks bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasida final bahslari tashkil etildi. Avvalroq, 7 nafar bokschimiz finalga qadar etib kelgani haqida xabar qilgandik. Quvonarlisi, ularning 6 nafari g‘alaba qozonib, delegatsiyamiz hisobiga oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.

Terma jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz sovrindor bo‘lishdi:

Oltin:

-46 kg: Sobirjon Tastanov

-48 kg: Ilhomjon Ergashev

-54 kg: Mironshox Norkosimov

-60 kg: Farrux To‘laganov

-66 kg: Muxammadazizbek Ismoilov

-70 kg: Abbos Abduraximov

Kumush:

-63 kg: Abdullox Toxirov

Bronza:

-50 kg: Samandar Olimov

-52 kg: Nodirbek Allabergenov

-57 kg: Ozodbek Tojiboev

-75 kg: Temurbek Abduvaxobov

-80 kg: Rahmonjon Kodirov

+80 kg: Xalimjon Mamasoliev.

Ushbu natija orqali bokschilarimiz “Osiyo bolalari”da umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!