O‘runovning jamoasida uch futbolchi koronavirusga gumon qilinmoqda
Rossiya premer-ligasining 8 iyul kuni bo‘lib o‘tgan 27-turida “Rostov” jamoasi maydonida o‘ynagan “Ufa” jamoasining uch nafar futbolchisi koronavirusga gumon qilinmoqda.
- Uchrashuv oldidan barcha futbolchining testi manfiy natija bergandi. Lekin o‘yindan keyin shanba kuni olingan testlar yakuniga ko‘ra, kamida uch futbolchida koronavirusga gumon paydo bo‘ldi, - deydi ommaviy axborot vositalariga xabar bergan klubdagi manba.
Musobaqa jadvalida oltinchi o‘rinda borayotgan “Ufa” bugun safarda “Lokomotiv” futbolchilari bilan kuch sinashishi lozim.



Fikrlar