
O‘runov nima sababdan bugun asosiy tarkibga kirmagani ma’lum bo‘ldi
"Ufa" bosh murabbiyi Rashid Rahimov Rossiya Premer-ligasi 20-turidan o‘rin olgan "Ximki"ga qarshi o‘yin oldidan Oston O‘runov haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
"Oston "Ural"ga qarshi o‘yinga 2 kun qolganida jamoamizga qo‘shildi. "Spartak" butunlay o‘zgacha futbol o‘ynashini bilamiz. U ajoyib hislatlarga ega, ammo jamoa o‘yin uslubiga qo‘shilib ketishi uchun biroz vaqt kerak. Umid qilamanki, uning bizga hali ko‘p foydasi tegadi", - dedi Rahimov.
Eslatib o‘tamiz, O‘runov "Ximki"ga qarshi bahsni zaxirada boshladi. Uchrashuvdan amalga oshirilayotgan matnli translyatsiyani ushbu havola orqali kuzatib boring.
Fikrlar