
O‘rtoqlik uchrashuvlari. AQSh o‘z maydonida Urugvay bilan durang o‘ynadi, Kolumbiya - Venesuela bahsida hisob ochilmadi
Xabaringiz bor ayni kunlarda butun dunyoda FIFA kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu munosabat bilan terma jamoalar o‘zaro rasmiy va o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishmoqda.
Jumladan, AQSh terma jamoasi o‘z maydonida Urugvayga qarshi bahs olib bordi va 1:1 hisobida durang qayd etdi.
Kolumbiya esa Venesuelani qabul qildi. Ushbu bahsda hisob ochilmadi – 0:0.
Ekvador mehmoni bo‘lgan Boliviya o‘z darvozasidan javobsiz 3ta gol o‘tkazib yubordi.
Fikrlar