
O‘rtoqlik uchrashuvi. "An-Nasr" Ispaniya klubiga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
"An-Nasr" va "Selta" o‘rtasida bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘z yakuniga etdi. Unda Ispaniya klubi yirik 5:0 hisobida zafar quchdi.
Dastlab, 51-daqiqada Al-Amri qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Shundan so‘ng Alonso hisobni ochgan bo‘lsa, Larsen xet-trik qilishga muvaffaq bo‘ldi. 71-daqiqada Rodriges ham o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa, o‘yin "Selta"ning g‘alabasi bilan tugadi. Ma’lumot uchun, "An-Nasr"ni oldinda "Benfika", PSJ va "Inter"ga qarshi o‘rtoqlik bahslari kutib turibdi.
Fikrlar