O‘rinboev "Paxtakor"dan Belgiya chempionatiga yo‘l olishga yaqin

  • 19 iyun, 17:17
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" futbolchisi Muhammadali O‘rinboev yangi mavsumni Belgiya chempionatida o‘tkazishi kutilmoqda.

Tecno

SPORTS.UZ'ga ma’lum bo‘lishicha, futbolchi ayni damda viza masalasi hal bo‘lishini kutmoqda. U Frantsiya orqali Belgiyaga yo‘l oladi.

"Brentfort"dan (futbolchi ijara asosida to‘p tepgan edi) farqli o‘laroq, bu safar futbolchi to‘liq "Antverpen" a’zosiga aylanmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma 3-4 yilga imzolanishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, futbolchi Superliganing joriy mavsumida 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!