
Opta superkompyuteri "Barselona"ning La Ligadagi chempionlik ehtimolini keskin oshirdi
35-tur doirasida kataloniyaliklar dramatik tarzda "Real Madrid"ni 4:3 hisobida mag‘lub etdi. Musobaqa yakuniga 3 tur qolgan bir paytda "Barselona" raqibidan 7 ochko farq bilan oldinga chiqib oldi.
Shundan so‘ng Opta hisob-kitoblariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar"ning chempionlik imkoniyati 99,4 foizga etdi. "Qirollik klubi"ning esa chempionlikni saqlab qolish ehtimoli bor-yo‘g‘i 0,6 foizni tashkil etmoqda.
Qolgan turlarda "Barsa" "Espanol", "Vilyarreal" va "Atletik"ga qarshi maydonga tushadi. "Real" esa "Malorka", "Sevilya" va "Sosedad" bilan kuch sinashishi kerak bo‘ladi.
Fikrlar