
Onananing Kamerunni dabdurustdan tark etish sababi aniqlandi
Kamerunlik darvozabon Andre Onana jahon chempionatidagi birinchi o‘yindan so‘ng terma jamoani tark etganidan xabaringiz bor. O‘zi umuman, Kamerun muxlislar yodida turnirdagi ishtiroki bilan emas, balki turli janjallarni keltirib chiqargani orqaligina esda qoldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Onananing jamoadan ketishiga asosiy sabab qilib murabbiy Rigobert Song keltirilgandi, biroq aslida vaziyat boshqacha bo‘lib chiqdi.
Andre uchun bunday kutilmagan qarorga kelishida Song bilan janjal emas, ushbu hodisalarning boshida turgan Eto'Oning uni qo‘llab-quvvatlamagani sabab bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Eto'O o‘tmishda "Inter" safida to‘p tepgan va Evropadagi yutuqlarining salmog‘i bo‘yicha Kamerun futboli tarixidagi eng buyuk o‘yinchi sanaladi. U bugungi kunda terma jamoa mutasaddilari va ayrim futbolchilar bilan konfliktga ega.
Fikrlar