
O‘n oylik tanaffusdan keyin Noyer maydonga qaytmoqda
"Bavariya" Bundesliganing 9-turida "Darmshtadt"ga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Mazkur uchrashuvda Manuel Noyer ham ishtirok etishi kutilmoqda. Bu haqda "Sky Sports"nashri xabar berdi.
Darvozabon 10 oy oldin chang‘i uchish paytida oyog‘ini sindirib olgandi. U jarohatidan qutulib, safga qaytgan va o‘yinga tushishga ruxsat oldi.
"Bavariya" Noyerni uzoq vaqtga safdan chiqqanligi bois "Borussiya M"dan Yann Zommerni sotib olgandi. Darvozabon esa yozda "Inter"ga o‘tib ketdi.
Fikrlar