
"Oltin butsa" uchun kurashda Messi hamon peshqadam
Evropaning kuchli beshlik chempionatlari to‘purariga beriladigan an’anaviy “Oltin butsa” mukofoti uchun kurashayotganlar ro‘yxatida joriy haftadagi o‘yinlardan so‘ng ba’zi o‘zgarishlar bo‘ldi.
Ushbu sovrin uchun kurashda hamon "Barselona" forvardi Lionel Messi peshqadamlik qilmoqda. Uning hisobidagi gollar hozircha 35 tani tashkil etadi. Ro‘yxatning kuchli uchligidan esa Kilian Mbappe (PSJ, 30) va Fabio Kvalyarella ("Sampdoriya", 23) joy olgan.
"Oltin butsa" uchun kurashayotgan futbolchilar reytingi hozircha quyidagi ko‘rinishda:
1. Lionel Messi ("Barselona") - 34 gol (*2) = 68 ochko;
2. Kilian Mbappe (PSJ) - 30 gol (*2) = 60 ochko;
3. Fabio Kvalyarella ("Sampdoriya") - 23 gol (*2) = 46 ochko;
4. Mbaye Dyan ("Galatasaray") - 28 gol (*1.5) / 42 ochko.
5-8. Kshishtof Pentek ("Milan") - 21 gol (*2) = 42 ochko;
5-8. Robert Levandovski ("Bavariya") - 21 gol (*2) = 42 ochko;
5-8. Karim Benzema ("Real") - 21 gol (*2.0) / 42 ochko;
5-8. Luis Suares ("Barselona") - 21 gol (*2) = 42 ochko;
9-10. Lyuk de Yong (PSV) - 27 gol (*1,5) = 40,5 ochko;
9-10. Duvan Sapata ("Atalanta") - 20 gol (*2) = 40 ochko;
Fikrlar