Olimpiadada o‘ynagan legionerimiz ortga qaytdi

  • 7 avgust, 2024, 10:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya poytaxti Parij shahri mezbonlik qilayotgan Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan Ibrohimxalil Yo‘ldoshev Qozog‘istonga qaytib, “Qayrat” jamoasi ixtiyoriga etib bordi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

23 yoshli futbolchimiz Olimpiya o‘yinlari futbol musobaqasining guruh bosqichi birinchi turida Ispaniya terma jamoasiga qarshi juda faol o‘ynadi.

Biroq bu uchrashuvdan keyin Ibrohimxalil Yo‘ldoshev oilaviy sabablarga ko‘ra, Parijni tark etib, O‘zbekistonga qaytishiga to‘g‘ri keldi.

Endi chap qanot himoyachisi klub miqyosidagi faoliyatini davom ettiradi.

Eslatib o‘tamiz, Ibrohimxalil aslida “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O‘zbekiston Superligasida “Bunyodkor”da ham to‘p tepgan.

Yo‘ldoshev 2021 yili Rossiya Premer-ligasining “Nijniy Novgorod” jamoasi bilan to‘rt yillik shartnoma imzoladi. Ikki mavsum Rossiya chempionatida o‘ynagan hamyurtimiz 2024 yil boshida ijara asosida “Qayrat”ga o‘tdi.

Ayni paytda Ibrohimxalil Yo‘ldoshev qozoq klubining asosiy o‘yinchilaridan hisoblanadi. U “Qayrat” safida barcha turnirlarda 13 marotaba maydonga tushib, ikkitadan gol va assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
07/08/2024 13:11
олимпиада жуда мухим! шундай мухим уйинларда уз шахсий иши ва хохишини устун куйган уйинчи термадаги уз масулиятини хис килмаса, бундай уйинчини нима кераги бор?