
OKMK – "So‘g‘diyona" uchrashuvi oldidan prevyu
Superliganing navbatdagi, 21-tur doirasida OKMK Jizzaxning «So‘g‘diyona» jamaosini Olmaliqda qabul qiladi.
Bo‘lajak bahs mazkur qarama-qarshilik tarixidagi 30-uchrashuvga aylanadi. Bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda «konchilar» 11 marta g‘alaba qayd etgan, jizzaxliklar esa 10 uchrashuvda ustun kelishgan. Qolgan 8 bahsda murosa ko‘chasi tanlangan. To‘plar nisbati OKMK foydasida: 41-30.
So‘nggi bor o‘tkazilgan 5 uchrashuvdagi natijalar:
01.07.2023 | 1:2
30.09.2022 | 0:2
07.05.2022 | 3:2
27.11.2021 | 0:1
31.07.2021 | 0:0
Superliga, 21-tur.
7 oktyabr, shanba
OKMK — «So‘g‘diyona» (17:00)
Olmaliq, «OKMK sport majmuasi» stadioni.
Hakamlar: Ibrohim Ismoilov, Ruslan Samandarov, Obid Jumaev, Isroil Imonazarov
VAR: Asker Najafaliev
AVAR: Amir Galeev
Nazoratchi: Ma’mur Saidqosimov
Komissar: Shohrux Said
Fikrlar