Og‘ir atletika. Olimpiada chempionlarimiz Osiyo chempionatida qatnashmaydi. Sababi...

CHERY AUTO

Joriy yilning 6-16 oktyabr kunlari Bahraynning Manama shahrida og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.

Tecno

E’tiborlisi, mazkur qit’a birinchiligida ishtirok etadigan jamoamiz tarkibidan Rio-2016 chempioni Ruslan Nuriddinov hamda Tokio-2020 g‘olibi Akbar Jo‘raevlar o‘rin olishmagan.

O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasining qayd etishicha, har ikki polvonimiz 5-16 dekabr kunlari Kolumbiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga yakka tartibda tayyorgarlik ko‘rishadi.

Bahrayn poytaxtida bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatida yurtimiz sharafini himoya qiladigan sportchilarimiz ro‘yxati quyidagicha:

Erkaklar:

-67 kg: Doston Yoqubov;

-73 kg: Adham Ergashev;

-81 kg: Og‘abek To‘xtaev;

-81 kg: Muhammadqodir Toshtemirov;

-89 kg: Sarvarbek Zafarjonov;

-89 kg: Hojiakbar Olimov;

-96 kg: Sunnatulla O‘sarov;

-96 kg: Qurbonmurod Namozov;

-102 kg: Sharofiddin Amriddinov;

Ayollar:

-49 kg: Jamila Panfilova;

-59 kg: Nigora Abdullaeva;

-76 kg: Nigora Suvonova;

-81 kg: Rigina Adashboeva;

-87 kg: Tursunoy Jabborova;

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!