Og‘ir atletika. Bugun kattalar va yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi start oladi

BEPUL PROPAN

Bugun Chirchiqda og‘ir atletika bo‘yicha kattalar va yoshlar (U20) o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bahslari boshlandi.

29 oktyabrga qadar davom etadigan musobaqada Respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 200 nafarga yaqin sportchi g‘oliblik uchun bellashadi.

Bu yilgi kubok bahslarining ishtirokchilari ro‘yxatida Ruslan Nurudinov, Rustam Jangabaev, Doston Yoqubov, Sarvar Zafarjonov, Sunnatilla O‘sarov, Qurbonmurod Namozov, Nigora Abdullaeva, Tursunoy Jabborova kabi terma jamoa etakchilarining nomlarini uchratish mumkin.

Mazkur turnir murabbiylar shtabi uchun asosiy terma jamoaga nomzod zaxira tarkibini ko‘zdan kechirib olish, viloyatlardagi iqtidorli yoshlarni selektsiya qilish imkonini taqdim etadi.

MOQ matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!