Og‘ir atletika. Akbar Jo‘raev oltin, Ruslan Nuriddinov bronza medalini qo‘lga kiritdi

CHERY AUTO

O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Akbar Jo‘raev va Ruslan Nuriddinov Norvegiyada o‘tkazilgan og‘ir atletika bo‘yicha Jahon chempionatidagi ishtirokini muvaffaqiyatli yakunladi.

Tecno

110 kg vazn toifasida kechgan bahslarda yurtdoshlarimiz jami 3 ta oltin va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

Akbar Jo‘raev dast ko‘tarishda 196 kg, siltab ko‘tarishda esa 232 kg natija qayd etib, ikki kurash yakuniga ko‘ra jami 428 kg og‘irlikni zabt etdi. Shu tariqa u musobaqaning oltin medali sohibasi hamda jahon rekordchisiga aylandi.

Ruslan Nuriddinov esa dast ko‘tarishda 186 kg, siltab ko‘tarishda 228 kg natija bilan umumiy 414 kg og‘irlikni ko‘tardi. U siltab ko‘tarish yo‘nalishida ham, ikki kurash yakuniga ko‘ra ham bronza medallari bilan taqdirlandi.

33 yoshli Nuriddinov bungacha Jahon chempionatlarida 3 ta oltin va 3 ta kumush medal sohibasi bo‘lgan edi. Bu safar esa u o‘z jamg‘armaasiga yana 2 ta bronza medalini qo‘shdi.

26 yoshli Akbar Jo‘raev ilgari Jahon birinchiliklarida 2 ta oltin medalni qo‘lga kiritgan edi. Norvegiyadagi musobaqada u yana 3 ta oltin medal yutib, uch karra jahon chempioni unvoniga sazovor bo‘ldi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
кино новинка
11/10/2025 05:10
Soxibasi emas Soxibi mol...