OFK Kubogi. Ertaga "So‘g‘diyona" mehmonxonasida matbuot anjumani. "Xo‘jand" va "So‘g‘diyona"dan kimlar ishtirok etadi?

  • 15 avgust, 2022, 15:19
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubi 17 avgust kuni Tojikistonda “Xo‘jand”ga qarshi OFK Kubogi markaziy mintaqa final uchrashuvida ishtirok etadi. Ayni paytda Ulug‘bek Baqoev jamoasi manzilga etib kelgan bo‘lib, bo‘lajak uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, ertaga, 16 avgust kuni “So‘g‘diyon” mehmonxonasida o‘yinoldi matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbir 11:30 da boshlanadi. “Xo‘jand” klubidan bosh murabbiy Rustam Xodjaev hamda jamoa sardori Jahongir Ergashev jurnalistlarning savollariga javob qaytaradi.

Shuningdek, matbuot anjumanida “So‘g‘diyona” ustozi Ulug‘bek Baqoevga serbiyalik darvozabon Milan Mitrovich hamrohlik qilishi ma’lum bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, “Xo‘jand” – “So‘g‘diyona” bellashuvi 17 avgust kuni soat 15:30 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ашуров Бахтийор
15/08/2022 17:50
Сўғдиёнага омад!