O‘FA "Surxon", AGMK va boshqa jamoalarni ham ayab o‘tirmadi

  • 27 may, 2022, 13:16
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘nggi turlar doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko‘rib chiqildi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

“QIZILQUM” — “SURXON”

Superliga 10-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” — “Surxon” uchrashuvning 54-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Iqboljon Malikjonov bosh hakam tomonidan ogohlantirilgandan so‘ng yon hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Iqboljon Malikjonovga nisbatan 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“DINAMO” — AGMK

Superliga 10-turi doirasidagi “Dinamo” — AGMK uchrashuvning 90+5-daqiqasida AGMK jamoasi murabbiyi Pavel Bugalo yon hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Pavel Bugaloga nisbatan 2 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“SURXON” — “SO‘G‘DIYoNA”

U-21 Birinchiligi 9-turi doirasidagi “Surxon” — “So‘g‘diyona” uchrashuvning 78-daqiqasiga kelib termizliklar futbolchisi Asilbek Temirov o‘yin to‘xtatilgan vaqtda raqib o‘yinchisining ko‘krak qismiga urgani va tajovuzkor hatti-xarakati uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Asilbek Temirovga nisbatan 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

 

“ARAL” — “ChIG‘ATOY”

Birinchi liga 6-turi doirasidagi “Aral” — “Chig‘atoy” uchrashuvning 90-daqiqasiga kelib o‘yin to‘xtatilgan vaqtda “Aral” jamoasi futbolchisi Asad Jumanmuratov raqib o‘yinchisiga nisbatan qilgan tajovuzkor hatti-xarakati uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Asad Jumanmuratovga nisbatan 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

 

“QIZILQUM-W” — “NEFTChI-W”

Ayollar Oliy ligasi 7-turi doirasidagi “Qizilqum-W” — “Neftchi-W” uchrashuvning 90+2-daqiqasida “Qizilqum-W” jamoasi futbolchisi E’zoza Sharipova jamoasiga nisbatan o‘yin qoidasi buzilgandan so‘ng raqib o‘yinchisi sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgan va qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, E’zoza Sharipovaga nisbatan 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilish chorasi qo‘llanildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!