O‘FA futzal terma jamoamizni taqdirladi

  • 30 sentabr, 2021, 20:05
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Mini-futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida Litvada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi futzalchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov, futzal delegatsiyasi rahbari Jahongir Usmonov hamda assotsiatsiya bosh kotibi Avaz Maksumov ishtirok etishdi.

Tecno

futzal2

Ravshan Ermatov futzalchilarni O‘FA prezidenti Abdusalom Azizov nomidan, qolaversa, butun futbol jamoatchiligi nomidan mundialda qayd etilgan tarixiy natija bilan tabrikladi. Ushbu natijaning ortida katta sa’y-harakatlar va jamoaviy mehnat yotganini ta’kidlab o‘tdi.

futzal

Futzalchilarimiz yil boshidan beri Tailand, Ispaniya va Portugaliyada yig‘inlar o‘tkazdi. O‘z qit’asida  etakchi hisoblangan va jahonda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Argentina, Ispaniya, Portugaliya, Eron va Venesuela kabi jamoalar bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazishdi. Terma jamoaning jahon chempionatiga etarlicha tayyorgarlik ko‘rishi uchun kerakli barcha sharoitlar taqdim etildi.

futzal4

Futzal terma jamoamizning ancha yosh bo‘lganligi sababli keyingi musobaqalarda yanada yuqori natijalar qayd etishlariga ishonch bildirildi. O‘z navbatida jamoa nomidan terma jamoa sardori Rustam Umarov O‘FAga e’tibor uchun minnatdorchilik bildirgan holda assotsiatsiya muzeyiga esdalik sovg‘asini topshirdi. Tadbir yakunida futzalchilar pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

O‘FA matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!