
OChL. Tojikiston chempioni AGMKni mag‘lub etdi
Biroz avval Saudiya Arabistoni poytaxtida Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 2-turidan o‘rin AGMK - "Istiqlol" uchrashuvi yakunlandi. O‘yin nominal mehmonlarning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Dastlab, AGMK futbolchisi Jokich birinchi bo‘limga qo‘shib berligan daqiqalarda avtogol bilan hisobni ochdi, shuningdek, raqiblardan Manuchexr Jalilov va Muhammadjon Rahimovlar tomonidan kiritilgan gollarga Zafar Polvonov o‘z dubli bilan javob qaytardi. Kambekga esa vaqt etmadi.
Ushbu natijadan keyin AGMK 1 ochko bilan turnir jadvalining 3-pog‘onasidan joy oldi, guruhdagi ikkinchi o‘yinda "Al Hilol"ga imkoniyatni boy bergan "Shabab Al-Ahli" esa to‘plar nisbatiga ko‘ra so‘nggi o‘ringa tushib ketdi.
Fikrlar