OChL. "Nasaf" bugun "Sharja"dan safardagi mag‘lubiyat uchun revansh olishga urinib ko‘radi

  • 6 noyabr, 2023, 09:25
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Bugun Osiyo chempionlar ligasida 4-tur uchrashuvlari start oladi. Kun doirasida uchta jamoamiz o‘z o‘yinini o‘tkazishi ko‘zda tutilgan. 

Dastlab, Qarshida "Nasaf" Birlashgan Arab Amirliklarining "Sharja" jamoasini qabul qiladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 19:00 da start oladi. 

Uchrashuvni "Sport" telekanali orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin. Shuningdek, telegramdagi "SPORTS.uz Gollar" kanalimiz orqali ham o‘yin translyatsiyasini kuzatish imkoniga egasiz. 

Ma’lumot o‘rnida, hozirga kelib "Nasaf" o‘z guruhida 2-pog‘onani band etib turibdi. Ro‘ziqul Berdiev shogirdlari 3 ta o‘yinda 6 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘lgan. 

ochl_standings_b

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Жабборов Ахмаджон
06/11/2023 18:12
Насафга омад. Олға йигитлар.