
OChL. "Nasaf" 9 kishi bo‘lib qolgan raqibni enga olmadi
Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqich 1-turidan o‘rin olgan "Al-Sadd" - "Nasaf" bahsi yakunlandi. Ushbu uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etildi.
Dastlab, 31-daqiqada Pedro Korreyra o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. Ikkinchi bo‘lim avvalida Bualem Xuxi muvozanatni tikladi.
Qayd etish lozim, qatarliklar safida Abdul Karim Hassan hamda Pedro Korreyra qizil kartochka olib maydonni tark etdi.
Fikrlar