OChL. Bugun "Paxtakor" "Persepolis"ga qarshi bahs olib boradi

CHERY AUTO

O‘zbekiston vitse-chempioni "Paxtakor" Eronning "Persepolis" jamoasini qabul qiladi. 18:00 da start oladigan mazkur uchrashuvni Kristofer Bit boshliq avstraliyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Tecno

Bo‘lajak bahs oldidan har ikki jamoada yo‘qotishlar mavjud. "Sherlar" safida Sadriddin Abdullaev, Jasur Yaxshiboev va Dostonbek Hamdamovlar bugungi o‘yinda jamoasiga yordam bera olmaydi. Tehronliklar tarkibida esa Sayid Jalol Husaynining maydonga tushish yoki tushmasligi so‘roq ostida turibdi.

Ma’lumot uchun, "Paxtakor" 5-tur oldidan 5 ochko bilan turnir jadvalida 3-o‘rinda bormoqda. 4 ochkosi bor "Persepolis" esa so‘nggi pog‘onadan joy olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!