
Oblak futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchi kimligini aytdi
"Atletiko" Madrid klubi darvozaboni Yan Oblak La Liganing 31-turida "Barselona"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng raqib jamoa etakchisi Lionel Messi haqida gapirib o‘tdi.
“Ular 5 daqiqa ichida 2 ta gol urishdi. Sababi biz ajoyib futbolchilarga qarshi o‘ynadik. Mening fikrimcha biz futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchi – Lionel Messiga qarshi o‘ynadik”, - deydi sloveniyalik darvozabon.
Ma’lumot uchun, 31 yoshli argentinalik futbolchi joriy mavsum “Barselona” safida hozircha 40ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 43ta gol hamda 21ta assist yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar