
Obameyang xavotirga tushib qoldi
“Barselona” hujumchisi Per-Emerik Obameyang germaniyalik mutaxassis Tomas Tuxel taklifi bilan “Chelsi”ga ko‘chib o‘tgan edi. Biroq, klub rahbariyati jamoaga Grem Potterni yangi bosh murabbiy qilib tayinlagach, gabonlik to‘purarning taqdiri mavhum bo‘lib qoldi.
Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, “aristokratlar” qishki transferlar davrida yangi markaziy hujumchi olmaydi.
- “Chelsi” muxlislari yangi bosh murabbiy kelishi ortidan tarkibda ko‘p o‘zgarishlar bo‘lishini kutmoqda. Xususan, ular hujum markazida yangi forvardni ko‘rmoqchi.
Birinchi navbatda, “Chelsi” transferlarga mas’ul yangi sport direktorini topishi kerak. Ular Obameyangni yozgi transfer oynasi yopilayotgan paytda sotib olishdi. Katta ehtimol bilan, qishda markaziy hujumchi emas, qanot hujumchilarini olishga e’tibor qaratishadi.
Qolaversa, ularda Armonda Broyya kabi iste’dodli yosh hujumchi ham bor. Biroq, “Chelsi” hali hujumchilar borasida yakuniy qaror kelmagan. Ular to‘purar forvardni jahon chempionati paytida qidiradi, - dedi Fabritsio Romano.
Fikrlar