Obameyang qaytdi

  • 2 sentabr, 2022, 00:51
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Evropada transfer oynasi yopiladi. Shu bois, so‘nggi daqiqalarda bir qancha kutilgan va kutilmagan transferlar amalga oshiriladi. Ulardan biri - Obameyang. Ma’lumotlarga ko‘ra, "Barselona" va "Chelsi" gabonlik futbolchi bilan kelishuvga erishgan. 

Tecno

Ayni damda forvard tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Londonda bo‘lib turibdi. "Sky Sports" nashri muxbiri gabonlik bilan qisqa vaqt intervyu oldi.

- Men Angliyaga qaytdim, - dedi futbolchi.

Shuningdek, 33 yoshli futbolchi 2013 yildan 2018 yilgacha "Borussiya" Dortmundda birga ishlagan va hozirda "Chelsi" bosh murabbiyi hisoblangan Tomas Tuxel bilan yana yo‘llari kesishganidan mamnunligini ham bildirgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Obameyangning transfer narxi 18 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!