
OAV: UEFA talqini bo‘yicha yilning eng yaxshi futbolchisi unvoni sohibi aniq
Manbaning ta’kidlashicha, ushbu sovringa "Bavariya" forvardi Robert Levandovski ega chiqadi. Pandemiya bilan bog‘liq vaziyat tufayli "France Football" va FIFA o‘z sovrinlarini topshirmasligini e’lon qilgan edi.
Ammo "ko‘hna qit’a"ning bosh futbol birlashmasi har yilgi an’anaga sodiq qolib, "Evropa maydonlarida harakat qilgan yilning eng yaxshi futbolchisi" unvonini o‘z egasiga topshiradi.
Bugun Toshkent vaqti bilan 20:00 da UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga qur’a tashlanadi. Ayni shu marosim davomida ushbu sovrin polshalik hujumchiga taqdim etiladi.
Fikrlar