
"Nyukasl" "yangi Neymar" uchun katta pul sarflashga tayyor
Evropa klublari “Shaxtyor”ning iqtidorli hujumkor yarim himoyachisi, “ukrainalik Neymar” nomini olgan Mixail Mudrikka jiddiy qiziqish bildirmoqda. "Pitmenlar" o‘z etakchisining narxini 50 million evroga baholamoqda. "INews" nashri xabariga ko‘ra, Angliyaning "Nyukasl" klubi Ukraina jamoasining "ishtahasi"ni qondirishga tayyor.
Mixail Mudrik Chempionlar Ligasining ushbu mavsumida ajoyib harakat qilmoqda. "RB Leyptsig" va "Seltik"ga qarshi o‘yinlarda 21 yoshli yarim himoyachi ikkita gol urdi va sheriklariga ikkita samarali uzatma berdi.
Ma’lumot o‘rnida, "Nyukasl" ayni damda Angliya chempionati turnir jadvalida 10-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar