“Nyukasl” “Real” va MYu qiziqish bildirgan futbolchini “yo‘ldan urmoqchi”

  • 8 avgust, 2022, 12:32
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avstriyaning “Zaltsburg” klubi hujumchisi Benyamin Sheshko yozgi transfer oynasi paytida Angliya Premer ligasiga ko‘chib o‘tishi mumkin. "Express" nashri xabariga ko‘ra, "Nyukasl" futbolchi uchun asosiy da’vogarga aylandi.

Tecno

Avvalroq Sheshkoga “Manchester Yunayted” va “Real” ham  qiziqish bildirmoqda. Biroq “Nyukasl” Benyaminni o‘z safiga qo‘shib olish uchun kurashishga tayyor.

O‘z navbatida, Sheshko Avstriya chempionatini tark etishga shoshilmayapti. U yana bir mavsum “Zaltsburg”da qolib, keyingi mavsumdan kuchliroq chempionatga o‘tish borasidagi takliflarni ko‘rib chiqmoqchi.

Ma’lumot o‘rnida, Benyamin Avstriya chempionatining dastlabki 3 o‘yinida qatnashib, bitta gol va bitta golli uzatmani muallifiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!