
"Nyukasl" o‘z transfer rekordini yangilamoqchi
"Nyukasl" "Real Sosedad" hujumchisi Aleksander Isak transferi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
"Qarg‘alar" 22 yoshli Shvetsiya terma jamoasi futbolchisi uchun to‘lovni ikki yil davomida to‘lashni taklif qildi.
O‘z navbatida basklar transfer to‘lovining katta qismini shu yozda to‘lashni so‘ramoqda. Klub o‘z futbolchisi sotuvidan 50 million funt sterling (60 million evro) ishlab olishni istamoqda.
Agar ingliz klubi Isakni sotib olgan taqdirda, transfer rekordi yangilanadi. Ular qishda "Lion"dan Bruno Gimaraesni 50 million evro evaziga sotib olgandi.
Fikrlar