
"Nyukasl" Isak uchun katta summa talab qilmoqda
"Liverpul" hujumchi Aleksandr Isakni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Shvetsiyalik "Enfild"ga ko‘chib o‘tishni istayotgani aniq, ammo muzokaralar jarayoni oson kechmayapti.
Avgust oyining birinchi kunida "Nyukasl" Isak bo‘yicha taklifni rad etgani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. Daily Mail xabariga ko‘ra, "Liverpul" to‘purar uchun taxminan 110 million funt (126,6 million evro) taklif qilgan.
Manbaga ko‘ra, "Nyukasl" Isak uchun 150 million funt (172,6 million evro) talab qilmoqda.
Avvalroq, 25 yoshli Isak "Nyukasl" qarorgohini tark etib, sobiq jamoasi "Real Sosedad" bazasida mashg‘ulotlarni boshlagani ma’lum bo‘lgandi.
Fikrlar