"Nursulton Team" klubi a’zosi qozog‘istonlik raqibini nokautga uchratdi (Video)

  • 29 sentabr, 2021, 11:47
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
BEPUL PROPAN

27 sentyabr kuni Qirg‘izistonning Osh shahrida WEF promoushenining navbatdagi turniri bo‘lib o‘tdi. Mazkur jang kechasida o‘zbekistonlik Javohirbek Umumrzaqov ham oktagonga ko‘tarildi. 

-70 kg vazn toifasida o‘z jangini o‘tkazgan yurtdoshimizga qozog‘istonlik Erik Tamindarov raqiblik qildi. Quvonarlisi, o‘zbek jangchisi to‘qnashuvning ikkinchi raundida nokaut bilan g‘alaba qozondi. 

Ma’lumot uchun, Javohirbek Umurzaqov "Nursulton Team" klubida murabbiylar Bekzod Jiyanov hamda Nursulton Ro‘ziboev qo‘l ostida mashg‘ulotlar olib boradi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!