
Nursulton Ro‘ziboevga Andijon viloyati hokimi tomonidan avtomobil topshirildi (Video)
Xabaringiz bor, Rossiyaning Moskva shahrida tashkil qilingan "Open FC 10" turnirida yurtimizning eng ko‘zga ko‘ringan MMA vakillaridan biri Nursulton Ro‘ziboev hamda uning ukasi Mashrabjon Ro‘ziboev navbatdagi janglarini o‘tkazib, raqiblarini 1-raundning o‘zidayoq texnik nokautga uchratgandi.
Aynan, Nursulton ushbu g‘alabasi bilan "Open FC" promoushenining o‘rta vazn (83.9 kg) toifasining yangi chempioniga aylangandi.
Shu munosabat bilan Andijon viloyatida paralimpiyachilarimizning tantanali kutib olish marosimida Nursultonga ham "Gentra" avtomobili sovg‘a qilindi. Sovg‘ani sportchimizning otasi qabul qilib oldi.
Fikrlar