Nursulton Ro‘ziboev navbatdagi jangini o‘tkazdi

  • 12 dekabr, 2021, 19:11
  • 0
  • MMA
BEPUL PROPAN

Ayni daqiqalarda Qozog‘istonning Almati shahrida "Alash Pride" hamda "Open FC" promousheni hamkorlikdagi tashkil qilingan turnir davom etmoqda.

Ma’lumki, ushbu jang kechasida uch nafar hamyurtimiz oktagonga ko‘tariladi. Ularning dastlabkisi Xojiniso Kamoldinova esa oktagonga ko‘tarilib ulgurdi. U raqibasi ukrainalik Zoya Litvinenkoni ikkinchi raundda bo‘g‘ish uslubi bilan mag‘lubiyatga uchratdi.

Nursulton Ro‘ziboev esa Armaniston vakili Eduard Arustamyanga qarshi oktagonga ko‘tarildi va birinchi raundda raqibining passiv himoyalangani sababli texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi.

Oldinda bizni Mashrabjon Ro‘ziboevning jangi kutib turibdi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!