
Nursulton Ro‘ziboev "Brave AWARDS 2021" tadbirining "Yil nokauti" nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi (Video)
Xabaringiz bor, yurtimizning eng ko‘zga ko‘ringan MMA vakillaridan biri Nursulton Ro‘ziboev Bahraynning "Brave CF" promousheni bilan shartnoma imzolagan va ushbu promoushenda bitta jang o‘tkazib, unda frantsiyalik Ibrohim Maneni "Slam" uslubida nokautga uchratgan edi.
"Brave CF" promousheni tomonidan yilning eng yaxshilari aniqlanuvchi - "Brave AWARDS 2021" tadbirida hamyurtimiz ijrosidagi ushbu nokaut yilning eng yaxshisi deya topildi.
Quyida ushbu nokautni e’tiboringizga havola etamiz.
Fikrlar