No‘’mon Hasanov Xitoyga borib keldi

  • 22 iyul, 2019, 17:35
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Bir necha yil davomida “Qo‘qon-1912” jamoasiga bosh murabbiylik qilgan va birinchi davra oxirlariga yaqin iste’foga chiqarilgan No‘’mon Hasanov ayni paytda hech qaerda ishlayotgani yo‘q.

Uni ikkinchi davrada yana murabbiylik faoliyatiga qaytishini ham kutgandik. Ammo hozircha bunday yangilik kuzatilgani yo‘q. No‘’mon Hasanov esa fursatdan foydalangan holda Xitoyga  borib keldi.

Tabiiyki, uning nima uchun Chin yurtiga ketganligini bilish biz uchun qiziq edi. Lekin shu narsa ma’lum bo‘ldiki, No‘’mon Nurmatovich u erga ish yuzasidan emas, balki ta’tilni o‘tkazish uchun borganini ta’kidladi. Uning qizi Xitoyning Shanxay shahrida ta’lim oladi. Hozirgi yozgi tanaffusdan foydalangan holda Hasanov oilasi  bilan birga qizini ko‘rish uchun Shanxayga yo‘l olishgandi. Kuni kecha No‘’mon Nurmatovich oilasi bilan Toshkentga qaytdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!