
No‘’mon Hasanov: Tez orada "Navbahor"da katta o‘zgarishlar bo‘ladi
Superliga 19-turida "Navbahor" - "Metallurg" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bellashuvda tomonlar 1 martadan gol urib, durang qayd etishdi. O‘yindan so‘ng mezbonlar murabbiyi No‘’mon Hasanov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- O‘yinga guvoh bo‘ldinglar, futbolchilarimiz ancha chiroyli va hujumkor o‘yin namoyish etdi. Raqib bilan bo‘lgan yakkakurashlarda ham ustun kelishdi. Ammo yaratilgan ko‘plab vaziyatlardan foydalana olishmadi. “Metallurg”da esa, adashmasam, deyarli xavfli vaziyat ham bo‘lmadi. Gol urilgan holatda esa, bekobodliklar darvozabondan qaytgan to‘pni darvozaga kiritdi. O‘yinning dastlabki 20 daqiqasidagi jamoamizning hujumini ko‘rib, 2-3 ta gol uramiz, deb o‘ylagandim.Biroq bu – futbol. Futbolda kutilmagan holatlar bo‘lib turadi. Shunday bo‘lsa-da, bugungi o‘yin uchun yigitlarga rahmat aytmoqchiman.
Vaziyatlardan samarali tarzda foydalanish borasida futbolchilar bilan ish olib borish lozim. Shuningdek, tez orada o‘yin tomondan katta o‘zgarishlar bo‘ladi, - dedi murabbiy.
Fikrlar