No‘’mon Hasanov: "Qizilqum"ga qarshi o‘yin bitta golga qadar edi

  • 19 aprel, 2019, 22:11
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Har ikkala jamoa bugun g‘alaba uchun maydonga chiqqanligi ko‘rinib turdi. O‘yin bitta golgacha edi. Durangga mos bahs bo‘ldi deb o‘ylaman . Ammo bellashuv oxirida gol urib, g‘alabaga erishdik. Ikkita mag‘lubiyatdan keyin xulosa chiqarib, bugun yaxshi o‘yin ko‘rsatdik deb o‘ylayman. Muxlislarimizga katta rahmat. Uzoq yo‘l bosib kelib, bizni maydonda qo‘llab-quvvatlab turishdi...

Tecno

O‘sha jarima to‘pi belgilangan vaziyatda Murod to‘pni jarima maydonchasiga uzatmoqchi edi. Men unga darvozaga tepishi kerakligini aytdim. Shu bois u darvozaga zarba berdi va gol urgach, meni oldimga kelib minnatdorchilik bildirdi", - deb Hasanovning so‘zlarini keltirib o‘tdi "Qizilqum" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!