No‘’mon Hasanov: "Navbahor"ga qarshi o‘yin biz uchun engil o‘tdi

  • 10 mart, 2019, 18:35
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Superliga 1-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Qo‘qon-1912" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bellashuvda 1:1 hisobidagi durang qayd etildi. O‘yindan so‘ng har ikki jamoa bosh murabbiylari o‘rtasida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda dastlab mehmonlar ustozi No‘’mon Hasanov va hujumchi Shahboz Erkinov ishtirok etishdi.

Tecno

No‘’mon Hasanov: - Avvalo muxlislarimizni yangi futbol mavsumi boshlangani bilan tabriklayman. Guvohi bo‘lganingizdek, bugun ishqibozlar shiddatli va keskin kurashlar ostida o‘tgan o‘yin guvohiga aylanishdi. “Derbilar” har doim shunday murosasiz tarzda o‘tib kelgan. Bizga biroz engil bo‘ldi, deyishim mumkin. Boisi, biz birinchi turni Namanganda o‘tkazishimiz lozim edi. Biroq “derbi” betaraf maydonga bo‘ldi. Bugungi durangdan qoniqish hosil qildim, shogirdlarim ko‘rsatgan o‘yindan xursandman. To‘g‘ri taktika va tarkib tanlaganimga amin bo‘ldim. Bugun g‘alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Demak, biz to‘g‘ri yo‘ldan ketyapmiz. Bu yil mavsum duranglar bilan boshlandi. Keyingi o‘yinga qadar ancha vaqt bor. “Andijon”ga qarshi kechadigan uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz.

Yaxshi o‘yinlarimiz hali oldinda deb o‘ylayman. Afrikalik legionerni safimizga qo‘shib oldik. Ushbu futbolchi o‘yinimizni kuchaytirishiga ishonaman. Tarkib borasida o‘zgarishlar bo‘lganiga qaramay, o‘yin falsafamiz o‘zgargani yo‘q. Maqsadimiz ham o‘sha-o‘sha.

Timur Hakimov ancha o‘zgardi. Uni yoshligidan beri yaxshi bilaman. Mashg‘ulotlarda zo‘r berib ishlayapti. Undan hali umidimiz katta.

Birinchi turdanoq xulosa chiqarishga shoshilmagan afzal deb bilaman. Hozir hammaning kuchi deyarli bir xil. Besh-olti turdan keyin jamoalar kuchiga baho berish mumkin.

Shaxboz Erkinov: - Bugun yaxshi o‘yin bo‘ldi. Futbolchilar maydonning har bir qarichi uchun kurash olib borishdi. O‘zi har doim “derbilar” shunday tarzda o‘tishi barchaga ayon. Hech qachon oson bo‘lmagan. Durang natija adolatli bo‘ldi deb o‘ylayman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!