No‘’mon Hasanov "Nasaf"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi?

  • 19 may, 2019, 01:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Nasaf"ni g‘alaba bilan tabriklayman. Ko‘rdingiz ochiq va tomoshabop futbol bo‘ldi. Mehmonda o‘yin o‘tkazish qiyin bo‘lmoqda, haliyam o‘z uyimizda birorta uchrashuv o‘tkazmadik. Qo‘qondan kelgan muxlislarga rahmat aytamiz.

Tecno

O‘yinga keladigan bo‘lsak, jamoam bitta golgacha yaxshi o‘ynadi, umuman olganda 20-daqiqagaqadar yaxshi o‘ynadik, goldan keyin esa to‘liq ustunlik "Nasaf"ga o‘tdi. O‘zi jamoam 20 daqiqa o‘ynay olyapti, 70 daqiqa tashabbusni berib qo‘ymoqdamiz.

Jamoamda yo‘qotishlar bor, o‘tgan yilgi kuchli tarkibimizni saqlab qola olmadik, O‘tkir Yusupovni esa "Navbahor" ilib ketdi, hammasi pulga borib taqaladi. Afsuski bu mening qo‘limda emas", - dedi Hasanov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!