
No‘’mon Hasanov 1:7 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng: Iste’foga chiqishga tayyorman
"Hisob yirik ko‘rinish oldi. Olmaliqliklarni g‘alaba bilan tabriklayman. Bunday mag‘lubiyatdan so‘ng gapiradigan gap ham qolmadi.
O‘zim ham bilmayman bugun nimaga bunday o‘ynadik. Qizil kartochka olgan yigitlar ichkarida hozir yig‘lab o‘tirishibdi. Zaxira o‘rindig‘imiz tor va bu ham o‘z so‘zini aytdi.
Faoliyatimda ilk bor bunday yirik hisobda mag‘lub bo‘ldim va iste’foga chiqishga tayyorman. 10 kishi o‘ynaydimi, 9 kishi o‘ynaydimi, bunday natija bo‘lishi kerak emas. Tarixda hisob qoladi", - deb Hasanovning so‘zlarini keltirib o‘tdi SPORTS.uz sayti muxbiri Shahzodbek Xolboev.
Azamat Umarov olgan surat
Fikrlar