Noyer hech kim uddalay olmagan rekord o‘rnatdi

  • 16 sentabr, 2024, 14:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya chempionatining navbatdagi turida “Bavariya” safarda liga debyutanti “Xolshtayn” jamoasini 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Tecno

Bellashuvda myunxenliklar darvozasini qo‘riqlagan Manuel Noyer bu bahsdan keyin hali hech kim erishmagan ko‘rsatkichni qayd etdi.

Noyer Germaniya chempionatlari doirasida eng ko‘p jamoa ustidan zafar quchgan futbolchiga aylandi. “Xolshtayn” 38 yoshli darvozabonga mag‘lub bo‘lgan 37-jamoa bo‘ldi.

Mashhur golkiper “Bavariya” darvozasini 2011 yildan beri qo‘riqlab kelmoqda. Avval u “Shalke”da o‘ynagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!