
Noyer: “Bizning maqsadimiz trebl yutish”
“Bavariya” klubi sardori Manuel Noyer jamoaning yangi mavsumdagi maqsadini aytdi.
Darvozabonning ta’kidlashicha, myunxenliklar o‘tgan mavsumdagidek sovrinsiz qolishni istamayapti. Shuning uchun, jamoaning maqsadi trebl yutish, lekin, buning uchun qattiq mehnat qilish kerakligini aytdi.
“Biz jamoa sifatida o‘sishimiz kerak. Bizga yangilangan tarkib va murabbiylar shtabi bor. Bu klubga yangi qon bilan yangi kuch olib keltirdi. Biz trebl yutishni xohlaymiz”,- dedi 38 yoshli golkiper Bundesliga pressasida.
Eslatib o‘tamiz,kecha 21 avgust kuni Manuel Germaniya terma jamoasida faoliyatini yakunladi.
Fikrlar