
Noyer: "Barsa" bu yil to‘qnash kelgan jamoalarimiz ichida eng kuchlisi"
"Bavariya" Chempionlar ligasi doirasida "Barselona" mag‘lub bo‘ldi. O‘yinda 4 ta gol o‘tkazib yuborgan Manuel Noyer o‘yin va "Barselona" haqida gapirdi.
"Ikkala jamoa ham riskli o‘yin o‘tkazdi. Bu esa xatolar va to‘pni ko‘p yo‘qotishga olib kelishi mumikn. Biz asosan yarim himoyada xatolar qildik. Bu nuqtada tezroq va agressivroq bo‘lishingiz kerak. Ularda Rafinya kabi tezkor futbolchilar bor. Shuni ham ta’kidlashimiz kerakki, "Barselona" hozirgacha to‘qnash kelgan jamoalarimiz ichida eng kuchlisi", - dedi germaniyalik darvozabon.
"Bavariya"ni oldinda "Boxum" va "Maynts" jamoalariga qarshi o‘yinlar kutib turibdi.
Fikrlar