
Novak Jokovich koronavirus testini topshirishdan bosh tortmoqda
Novak Jokovich koronavirus testini topshirishdan bosh tortmoqda
Bolgariyalik tennischi Grigor Dimitrovda Xorvatiyaning Zadar shahrida Novak Jokovich tomonidan tashkil etilayotgan "Adria Tour" ko‘rgazmali turnirida ishtirok etayotgan vaqtida koronavirus aniqlangan.
Shu sababli, musobaqa ishtirokchilarining barchasi koronavirusga test topshirishlari kerak. Biroq Novakning o‘zi mazkur testni o‘tkazishdan bosh tortmoqda.
Novakning so‘zlariga ko‘ra, unda mazkur virusning hech qanday alomatlari yo‘q va u Xorvatiyada test topshirmaydi. Uning murabbiyi Goran Ivanishevich uch kun oldin test topshirgan hamda unda hech qanday virus aniqlanmagan. Serbiyalik tennischi Belgrad shahriga borib, epidemiologlar ko‘rigidan o‘tishi va ularning maslahatiga amal qilishini ta’kidladi.
Zadar shahrining tibbiyot boshqarmasi esa Novakning so‘zlariga ishondi va test topshirmasdan mamlakatni tark etishiga ruxsat berdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Novak Jokovich serbiyalik basketbolchi Deyan Miloevich tomonidan o‘tkazilgan marosimga borgan. U bazmda "Partizan" jamoasi o‘yinchisi Nikola Yankovich bilan suhbatlashgan. Marosimdan bir necha kun o‘tgandan so‘ng Nikolada koronavirus aniqlangan.
O‘zA
Fikrlar