
No‘’mon Hasanov kelgach, jamoasining natijalari yaxshilanmoqda
Tojikiston chempionatida navbatdagi tur bahslari o‘tkazildi. No‘’mon Hasanov kelganidan keyin “Istaravshan” jamoasining ishlari yurishyapti.
Yaqinda xabar berganimizdek, “Istaravshan” “Esxata”ni 2:1 hisobida mag‘lub etgandi. Shundan keyin darhol ikkinchi davra bahslari ulanib ketdi, xuddi bizdagi pro ligada bo‘lgani kabi.
Shu bois Hasanov jamoasi yana “Esxata” bilan maydonda kuch sinashdi. E’tiborlisi, "Istaravshan" jamoasi safarda raqib darvozasiga javobsiz uchta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shuni aytish joizki, hamyurtimiz yangi klubida o‘yin uslubidan tubdan o‘zgartirdi va bu endilikda natijada ham o‘z aksini ko‘rsatmoqda.
No‘’mon Hasanov jamoasi navbatdagi 11-turni 4 iyul kuni o‘z maydonida “Xo‘jand”ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar