
No‘’mon Hasanov: Barcha muxlislardan uzr so‘rayman
Xabaringiz bor, bugun Namangan shahridagi “Markaziy” o‘yingohning zaxira maydonida “Navbahor” va “Andijon” jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazildi. Unda mehonlar 2:0 hisobida imkoniyatni boy berdi.
O‘yindan so‘ng “Navbahor” bosh murabbiyi No‘’mon Hasanov klub matbuot xizmatiga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- To‘g‘risi, ko‘pincha o‘yin paytida hissiyotlarni jilovlash oson bo‘lmaydi.“Andijon” bilan bo‘lgan bugungi uchrashuv paytida ham xuddi shunday holat kuzatildi va andijonliklar ustozi Otabek G‘ulomxo‘jaev bilan biroz tortishuv yuzaga keldi. Ammo tanaffus paytida Otabek G‘ulomxo‘jaevga uzrimni etkazdim. O‘sha vaziyatda o‘zimni tutib turolmaganim uchun yana bir marotaba Otabek G‘ulomxo‘jaev, shuningdek, “Navbahor” va “Andijon” jamoalari muxlislaridan ham uzr so‘rayman.
Fikrlar