
Nodirbek Yakubboev "Airthings Masters"ni kuchlilar safida yakunladi
FIDE.com sayti orqali yil davomida o‘tkazilib kelinadigan, umumiy sovrin jamg‘armasi 2 million dollarga teng bo‘lgan onlayn shaxmat turi - "Airthings Masters"ning ilk bosqichi yakunlandi.
Musobaqaning 2-divizionida hamyurtimiz Nodirbek Yakubboev ham ishtirok etdi. Finalga qadar o‘tish bosqichida rossiyalik Aleksand Predkoni 2:0 hisobida mag‘lub etgan Yakubboev final uchun kechgan bahsda xitoylik Yuy Yan’iga 2:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shu tariqa hamyurtimiz musobaqa 2-divizionida 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Divizion finalida AQShlik Fabiano Karuana Yuy Yan’ini mag‘lub etib chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Asosiy 1-divizionda esa Magnus Karlsen barchadan ustun ekanini isbotlagan bo‘lsa, yana bir AQShlik Hikaru Nakamura 2-o‘rinni egalladi.
Fikrlar