Nima uchun bokschilarimiz janglariga AQShda tayyorgarlik ko‘radi? Shahram G‘iyosov javob berdi

  • 6 aprel, 2021, 18:58
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Hozirgina, Milliy Olimpiya qo‘mitasining majlislar zalida 3 aprel sanasida "Humo Arena" sport saroyida ringga ko‘tarilgan bokschilarimiz ishtirokidagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda ushbu jang kechasida ishtirok etgan barcha bokschilar qatnashib, OAV savollariga javob berdi. Shahram G‘iyosov jurnalistlarning tayyorgarlikni AQShda olib borishi xususidagi savoliga quyidagicha fikr bildirdi:

Tecno

"O‘zbekistonda ham sharoit borligi rost. Amerikada tayyorgarlik ko‘rishimizdan asosiy maqsad kuchli raqiblar bilan sparring janglar olib borish. Meksika, Ispaniya va Amerikaning ko‘plab mamlakatlaridan kuchli bokschilar AQShda jam bo‘lib, janglarga tayyorgarlik olib boradi. Reytingi yaxshi sportchilar bilan jang o‘tkazish imkoniyatimiz bor. 

Shuningdek, Amerika OAV bilan ham aloqa o‘rnatish imkoni bo‘ladi. O‘zbekistonda, Xudoga shukrki, bizni yaxshi tanishadi. Maqsadimiz, okeanortida ham yurtimiz bayrog‘ini yuqori ko‘tarish va O‘zbekistonni tanitish. 

U erdagi ob-havo vazn tashlashimiz, formada bo‘lishimiz va qat’iy tartibga odatlanishimizga imkon beradi. Vaqtimizni ortiqcha mashg‘ulotlarga sarflashga imkoniyatimiz yo‘q. 3 mahal mashg‘ulot va qayta tiklanishga ketkazadigan vaqtlarimiz bo‘ladi, xolos", - deydi G‘iyosov. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!