Niko Uilyamsning akasi uning superklubga o‘tishiga yo‘l qo‘ymayapti

  • 21 iyun, 19:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” o‘tgan yozdan beri Ispaniya terma jamoasi va “Atletik” hujumkor futbolchisi Niko Uilyamsni  o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda.

Tecno

Bir yil oldin ham kataloniyaliklar 22 yoshli futbolchini qo‘lga kiritishga yaqin turganida Niko Bilbaoda qolish variantini tanladi va “Barsa”ning deyarli pishgan transferi barbod bo‘ldi.

Sport.es saytining ma’lum qilishicha, Nikoning akasi Inyaki Uilyams futbolchiga bosim o‘tkazib, uning “Atletik”dan ketishiga qarshilik qilmoqda.

Manbaga ko‘ra, Nikoga Evropaning qator grandlari qiziqmoqda. Biroq uning o‘zi “Barselona”ga o‘tishga moyil bo‘lib turibdi. Uilyams Kataloniyada futbolchi sifatida yanada rivojlanish imkoniyatiga ega bo‘lishni kzzlamoqda.

“Barselona” esa, Niko Uilyamsni kabi qimmatbaho o‘yinchini olish uchun moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzmaslik yo‘lini topishi kerak. Buning eng oson yo‘li tarkibdan bir necha futbolchilar sotib yuborishdir.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!